Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 24-sentabr
Qanday ma’lumot saqlaymiz
- Ota-ona: Telegram orqali kirilganda telefon raqami va ismi; Google orqali kirilganda email manzili va ismi.
- Bola: ismi, tug‘ilgan yili, tanlangan avatar va o‘yindagi natijalari (qaysi topshiriqlar bajarilgani).
- To‘lov: tarif, summa va ota-ona yuklagan chek rasmi.
Nima uchun
Faqat xizmatni ko‘rsatish uchun: akkauntga kirish, bolaga mos topshiriqlarni tanlash, ota-onaga natijalarni ko‘rsatish va to‘lovni tasdiqlash. Reklama yubormaymiz va ma’lumotlarni hech kimga sotmaymiz yoki bermaymiz.
Google va Telegram
Google orqali kirishda faqat email manzilingiz va ismingizni olamiz (Google hisobingizdagi boshqa ma’lumotlarga kirmaymiz). Telegram orqali kirishda telefon raqamingizni faqat o‘zingiz «Raqamni ulashish» tugmasini bosganingizda olamiz.
Xavfsizlik
Kirish sessiyalari shifrlangan holda saqlanadi, sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi.
Ma’lumotlarni o‘chirish
Akkaunt va bolaga oid barcha ma’lumotlarni o‘chirish uchun @MinniKidsBot ga yozing yoki [email protected] manziliga xat yuboring — 7 kun ichida o‘chiramiz.